Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Laylo Bekmuradovaning ilmiy maqolasi Scopus bazasida indekslanuvchi nufuzli Frontiers in Sustainable Tourism jurnalida chop etildi.

«Product diversification in sustainable tourism: demand, host-community support and supply readiness» nomli maqola Shakhnoza Alimova, Khurshida Tukhtaeva, Rano Nazarova hamda Mukhlisa Saydimukhtor Akromova hammuallifligida tayyorlangan.

Tadqiqotda barqaror turizm sharoitida turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish, ularga bo‘lgan talab, mahalliy hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash hamda turizm sohasi subyektlarining yangi mahsulotlarni joriy etishga tayyorligi ilmiy tahlil qilingan.

Mazkur nashr institutning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mualliflar jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va ularga yangi ilmiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Comments are disabled.