Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan «Qishloq turizmi: hamkorlik va hududlarni barqaror rivojlantirishning yangi ufqlari» xalqaro jamoaviy monografiyasi tayyorlandi.

Nashr dunyoning 9 mamlakatidan kelgan mualliflarning ilmiy tadqiqotlari va amaliy tajribalarini birlashtirgan.

212 sahifada qishloq, agro va ekoturizmni rivojlantirish, mahalliy hamjamiyatlarni jalb qilish, kadrlar tayyorlash, inklyuzivlik, madaniy va tabiiy merosni saqlash, yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish va hududlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar taqdim etilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro tajribasi va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Keyingi nashrlarda biz o‘quvchilarni monografiya mualliflari, uning asosiy bo‘limlari va nashrda keltirilgan eng qiziqarli tajribalar bilan tanishtiramiz.

Comments are disabled.