“IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA TURIZMNING BARQAROR RIVOJLANISHI: XAVFLAR, MOSLASHUV VA YANGI IMKONIYATLAR” mavzusidagi davra suhbatiga taklif etamiz.
Mazkur tadbir doirasida iqlim o‘zgarishining turizm sohasiga ta’siri, barqaror rivojlanish mexanizmlari, ekologik xavflarga moslashuv strategiyalari hamda yashil turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
🗓 Sana: 15-may 2026-yil
🕙 Vaqt: 10:00 – 13:00
📍 Manzil: TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
🏛 Tashkilotchilar:
— Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
— TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
Tadbirda soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotchilar hamda turizm yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilar ishtirok etadi.
♻️ Barqaror turizm — yashil kelajak sari muhim qadam!
