🔸Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan.
🔸Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan.
🔸1370 yil Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Turonning bosh amiri etib e’lon qilinadi. Chingizning qizi Saroy Mulk Xonim bilan nikohi esa Amir Temurga “gurgan”, ya’ni “xonning kuyovi” faxriy unvonini berdi.
🔸Amir Temurning asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi.
🔸Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 — 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.
🔸Amir Temurning hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuziklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi.
🔸Yaqin va O‘rta sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga aylanishi zamirida, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv va boshqa qadimiy shaharlar obodonlasha boshlagan.
🔸Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Afsuski, Amir Temurning vafotidan so‘ng G‘arbiy Ovrupa bilan savdo-diplomatik aloqalar nihoyasiga yetadi.
🔸Amir Temur 1405 yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.
https://arboblar.uz/uz/people/amir-temur
https://uzbekistan.travel/ru/o/istoricheskij-centr-shahrisabza/
https://uzbekistan.travel/ru/o/park-amira-temura-v-samarkande/

No comment