🔹Tadbirda professor-o‘qituvchilar tarkibi vakillari, ilmiy rahbarlar, davlat imtihon komissiyasi a’zolari, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamda 5 nafar magistr ilmiy darajasi talabgorlari ishtirok etdi.
🔹Himoya ishtirokchilari turizm sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, turizmni barqaror rivojlantirish, turizm faoliyatini ekologiyalashtirish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish, xorijiy tajribani joriy etish va O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar natijalarini taqdim etdilar.
🔹Tadbir yakunida taqdim etilgan tadqiqotlarning dolzarbligi, ularning amaliy ahamiyati, shuningdek, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va TDSHU o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
🔹Tadbirda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutidan xodimlar I.U.Axmedjanova, A.I.Muxitdinov, S.A.Soatova ishtirok etdilar.


