🔹Forum doirasida 17-aprel kuni o‘tkazilgan “Tourism as a driver of sustainable development: national and international experience” (“Turizm – barqaror rivojlanish drayveri: milliy va xalqaro tajriba”) mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada institut vakillari faol qatnashib, quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruzalar bilan chiqish qildilar:
✔️“Зелёный туризм и поведенческие намерения поколения Z: анализ на основе теории запланированного поведения” (“Yashil turizm va Z avlodining xulq-atvorga oid qaror qabul qilish jarayonlari: rejalashtirilgan xulq-atvor nazariyasi asosida tahlil”);
✔️“Institutional mechanisms for the development of medical tourism in the context of regional competition (on the example of the countries of Central Asia)” (“Mintaqaviy raqobat sharoitida tibbiy turizmni rivojlantirishning institutsional mexanizmlari (Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida)”).
🔹Mazkur ma’ruzalar xalqaro ekspertlar va ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi hamda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
🔹Shuningdek, universitet huzuridagi Turizm akademiyasining tibbiy-sanatoriy xizmat ko‘rsatish kafedrasi talabalari uchun B.Mammetova tomonidan master-klass va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu darslar talabalarga sohaning zamonaviy tendensiyalari, amaliy yondashuvlar va xalqaro tajribalar haqida muhim bilimlar berishga xizmat qildi.
🔹Forum doirasida bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Rossiyaning “Turizm va mehmondorchilik sanoatida kasblarini rivojlantirish va ommalashtirish jamg‘armasi” bilan hamkorlik hamkorlik o‘rnatildi.
🔹Ushbu ishtirok nafaqat ilmiy tajriba almashish, balki O‘zbekiston turizm salohiyatini xalqaro maydonda yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



No comment