Ruslan Geray o‘g‘li Guliyev turizm sohasi, xalqaro hamkorlik, jamoatchilik faoliyati va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida umrini fidokorona bag‘ishlagan yuksak malakali mutaxassis edi.
Uning ko‘p yillik samarali faoliyati, yuqori kasbiy mahorati hamda o‘z kasbiga sadoqati hamkasblari, ilmiy jamoatchilik va turizm sohasi vakillari orasida yuksak e’tirof va hurmatga sazovor bo‘lgan.
Marhumning yorqin xotirasi u bilan birga ishlagan, hamkorlik qilgan va muloqotda bo‘lgan insonlar qalbida doimo saqlanib qoladi.
Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga, do‘stlari, hamkasblari hamda Ozarbayjon Respublikasi turizm sohasi jamoatchiligiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ushbu og‘ir va qayg‘uli yo‘qotish munosabati bilan dardingizga sherikmiz.
Ruslan Geray o‘g‘li Guliyevning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi.
Turizmni rivojlantirish instituti jamoasi
