🔹BUXAROVA NIGORA GAZIYEVNANING 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz ta’lim jarayonidagi innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Mazkur tadqiqot turizm sohasini rivojlantirishda malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish kabi dolzarb masalalarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.
🔹Buxarova Nigora Gaziyevna ga ushbu mas’uliyatli jarayonda mustahkam ishonch, ravon va asosli himoya hamda yuqori ilmiy natijalar tilaymiz. Himoya muvaffaqiyatli o‘tib, kelgusida yanada katta ilmiy yutuqlarga yo‘l ochishiga tilakdoshmiz!



