🔹Bugun Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida institut o‘quv-uslubiy bo‘limi bosh mutaxassisi, i.f.d., professor Xudoyqulov Xurshid Xurramovich ishtirokida «Scopus va Web of Science jurnallarida maqolalarni muvaffaqiyatli chop etish sirlari» mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
🔹Seminar davomida institut doktorantlari, yosh tadqiqotchilar va xodimlarga Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda maqolalar tayyorlash, jurnallarni tanlash mezonlari, maqolalarni rad etish sabablari, taqrizchilar bilan ishlash tartibi, maqolalarni muharrirlar talablariga muvofiq tayyorlash va xalqaro jurnallarda muvaffaqiyatli chop etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.



