🔹Shu yil boshidan mamlakatimizga 3 millionga yaqin sayyoh kelib, oʻsish surʼati 37 foizni, turizm xizmatlari eksporti esa 48 foiz oʻsib, 1,1 milliard dollarga yetgani qayd etildi.

🔹2030-yilga qadar 20 million xorijiy sayyohni jalb qilish, 2026-yilda esa 12 million turistga xizmat koʻrsatish maqsad qilingan. Shu maqsadda hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohani loyihaviy boshqaruv asosida tashkil etish choralari koʻrib chiqildi.

🔹Xususan, 2026-2027-yillarda hududlarda 31 ta master-rejani amalga oshirishni boshlash, 40 mingdan ortiq ish oʻrni yaratish, joylashtirish vositalari sonini 8 ming 250 taga, turizm qishloqlari va mahallalarining umumiy sonini 84 taga olib chiqish rejalashtirilgan.

🔹Yangi sayyohlik mahsulotlarini shakllantirish va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham qator mexanizmlar koʻzda tutilgan.

🔹Jumladan, xorijiy turistlarni jalb qilishga qaratilgan targʻibot xarajatlarining 25 foizgacha qismi, biroq 500 million soʻmdan oshmagan qismi qoplab berilishi, turistlar uchun madaniy-ommaviy va sahnalashtirilgan tomoshalarni tizimli yoʻlga qoʻygan xususiy tadbirkorlarni ragʻbatlantirish, servis sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida amaliy oʻquv kurslarini tashkil etish nazarda tutilgan.

🔹Taqdimotda respublika turizm salohiyatini xalqaro bozorda keng targʻib qilish boʻyicha ham yangi yondashuvlar koʻrib chiqildi.

https://president.uz/oz/lists/view/9113

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *