Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti 2022-yildan buyon professional standartlarni yaratish, turizm sohasi kadrlarini tayyorlash va milliy malaka tizimining mustahkam poydevorini yaratish bo‘yicha tizimli ishlarni olib bormoqda.
2026-yilning birinchi yarmida turizm sohasi uchun 7 ta professional standart muvaffaqiyatli ekspertizadan o‘tkazildi: Turoperatorlik faoliyati; Turizm bo‘yicha agent; Turistik korxonani boshqarish; Tiflokommentator (turizm); Bar xizmati; Turizm sohasida marketolog; Turistik guruh rahbari.
Har bir kasbiy standart mutaxassislarning malakasini baholash uchun aniq yo‘nalishlarni belgilaydi, dolzarb ta’lim dasturlarini tuzishga yordam beradi va turizm sohasi uchun yangi darajadagi mutaxassislarni tayyorlashga yo‘l ochadi.
