Joriy yilning 16-21-iyun kunlari Toshkent shahrida beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2026) bo‘lib o‘tadi. Bu Markaziy Osiyodagi eng muhim sarmoyaviy tadbir bo‘lib, u jahon investorlari, hukumat vakillari, xalqaro moliya institutlari hamda global biznes tuzilmalarini bir joyga jamlaydi.
Sizda ushbu muhim tadbirning bir qismiga aylanish uchun ajoyib imkoniyat bor!
Siz forum ishtirokchilari va mehmonlariga hamrohlik qilib, ularni shahrimizning diqqatga sazovor joylari hamda madaniyati bilan tanishtirishingiz mumkin bo‘ladi. Bu nafaqat qiziqarli tajriba, balki mehnatingiz uchun munosib haq hamdir.
Ishtirok etish uchun quyidagilar talab qilinadi:
✔️F.I.SH.ingizni yuborish;
✔️suratingizni taqdim etish;
✔️ish tajribangiz va ekskursiya o‘tkazadigan tillaringizni ko‘rsatish.
Agar ushbu taklif sizni qiziqtirgan bo‘lsa, arizalaringizni kutamiz!
Murojaat uchun:Murodova Lobar+998 99 000 65 06 (@La_loba_TDI)
