O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PQ-78-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “Tax Free” tizimini xorijiy turistlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida gidlar uchun onlayn o‘quv seminari tashkil etilmoqda.

🗓 Sana: 2026-yil 11-iyun
🕚 Vaqt: 11:00
💻 Platforma: ZOOM

Seminar davomida:
✔️ “Tax Free” tizimining ishlash tartibi;
✔️ xorijiy fuqarolarga QQSni qaytarish mexanizmi;
✔️ turistlarga QR-kod va flayerlar orqali ma’lumot berish;
✔️ targ‘ibot va tushuntirish ishlarini samarali olib borish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.

Mazkur seminarda barcha gidlar va turizm sohasi vakillarini faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Havola: https://us06web.zoom.us/j/89253759871?pwd=VpZNSpC2myefmO8pAj02KDBpaY8RHz.1

Bugun turistga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan gid — ertaga mamlakat turizmining yuziga aylanadi.

Comments are disabled.