🔹SAIDOV UTKIR URALBOYEVICHning 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasi misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Mazkur tadqiqot bugungi kunda turizm sohasini rivojlantirishda davlat va xususiy sektor hamkorligini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, investitsion jozibadorlikni oshirish va sohaning barqaror o‘sishini ta’minlash kabi dolzarb masalalarni qamrab olgani bilan alohida ahamiyatga ega.
🔹Saidov Utkir Uralboyevichga, ushbu mas’uliyatli jarayonda mustahkam iroda, aniq va ishonchli himoya hamda yuqori ilmiy natijalar tilaymiz. Himoya muvaffaqiyatli o‘tib, ilmiy faoliyatda yangi yutuqlarga zamin yaratishiga ishonamiz!



