Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminarda doktorant Azimova Shaxlo Tairovnaning dissertatsiyasi muhokama qilinmoqda.

📌 Tadqiqot mavzusi: «Инклюзивный туризм как фактор социально-экономического развития Узбекистана (“O‘zbekistonda inklyuziv turizmni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omili sifatida rivojlantirish»).

📝 Mazkur ilmiy ishda inklyuziv turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun turizm infratuzilmasini moslashtirish, hamda ushbu yo‘nalish orqali jamiyatda teng imkoniyatlar yaratish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, dissertatsiyada inklyuziv turizmni kengaytirish orqali hududiy rivojlanishni jadallashtirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘llari asoslab berilgan.

📝 Hozirgi seminarda dissertatsiyaning asosiy natijalari, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashilmoqda hamda tadqiqotni keyingi bosqich — himoya jarayoniga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *