Yig‘ilish davomida institut faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha ustamalar belgilash tartibi, dissertatsiyalarni dastlabki muhokamadan o‘tkazish va himoyaga taqdim etish reglamenti hamda izlanuvchilar faoliyati samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha nizomlar tasdiqlandi.

Shuningdek, “Turizm va mehmondo‘stlik: fan, ta’lim va amaliyot” ilmiy-amaliy jurnalining tahrir hay’ati tarkibi muhokama qilinib, tasdiqlandi.

O‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari uchun tayyorlangan «Ekskursiya faoliyati texnologiyasi va uni tashkil etish» (Mualliflar: Ye.V.Golisheva, D.A.Abdunabiyeva) nomli o‘zbek tilidagi o‘quv-amaliy qo‘llanma nashrga tavsiya etildi.

Kun tartibidan institut mustaqil izlanuvchisi U.P. Jiyanovning “Turizm xizmatlari samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ham o‘rin oldi.

Yig‘ilish yakunida stajyor-tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning 2026-yil yarim yillik hisobotlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha attestatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlandi hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Comments are disabled.