Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi «Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-98-son Farmoni ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli «Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq institutning ilmiy darajaga ega xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomlar loyihalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida kelgusi haftada loyihalarning qo‘shimcha muhokamasini o‘tkazishga qaror qilindi.