Institut xodimlari tomon📖 Zamonaviy darslik, mualliflar R.R.Nazarova, Ye.V.Golisheva «Методы и навыки исследования» (Toshkent, 2026. – 308 b.) nazariy asoslardan tortib, amaliy vositalar va texnologiyalargacha bo‘lgan ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy jihatlarini ochib beradi.

Darslikda mahalliy va xorijiy olimlarning yutuqlariga tayangan holda ilmiy izlanish, tahlil qilish, tajriba o‘tkazish va ma’lumotlarni qayta ishlash usullari tizimli ravishda bayon etilgan.

Quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan:
— tadqiqot mavzusini tanlash va asoslash;
— ilmiy izlanishlarni tashkil etish;
— ma’lumotlarni tahlil qilish va talqin qilish;
— axborot texnologiyalaridan foydalangan holda samarali qarorlar qabul qilish.

Darslik bakalavrlar, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy xodimlar, ilmiy daraja talabgorlari, o‘qituvchilar, shuningdek, nazariya, metodologiya va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish muammolari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.idan darslik tayyorlandi

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *