🔹Seminarda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti 3-kurs tayanch doktoranti Vaxidov Suxrobjon Olimjon o‘g‘li tomonidan “O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda ziyoratgohlarning tarixiy ahamiyati” mavzusida va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti 3-kurs mustaqil izlanuvchisi Tilovmurodov Dostonbek Furqat o‘g‘li tomonidan “O‘zbekistonda sarguzasht turizmi xizmatlarini tashkil etishda xorij tajribasidan foydalanish yo‘llari” mavzusida ma’ruza qiladi.
🔹Mazkur seminar turizm sohasida tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar natijalarini muhokama qilish, dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy fikr almashish hamda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.

No comment