🗿 O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Arxeologik meros turizmni ommalashtirish vositasi sifatida: zamonaviy texnologiyalar, amaliyotlar va mexanizmlar” mavzusida xalqaro onlayn seminar (davra suhbati) tashkil etildi.
📌 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasidan yetakchi olimlar hamda ekspertlar ishtirok etdi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti (Moskva shahri), Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining Arxeologiya va etnografiya instituti (Novosibirsk shahri) hamda Oltoy davlat universiteti vakillari hisoblanadi.
🟥 Seminar davomida arxeologik yodgorliklarni muzeylashtirish, virtual muzeylarni rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qo‘llash masalalari, shuningdek, arxeologiyaning madaniy va ilmiy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilindi.




No comment