Vittorio Giorgi (Italiya Respublikasi)
Faxriy Konsul O’zbekiston Respublikasi. Aktiv ravishda quyidagi loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashdi: Toshkentda «Italiya Turizmi Haftaligi»ni o’tkazish; Italiyalik mutaxassislarning Xalqaro Gidlar Forumida va «Madaniy merosni saqlash va uning turizmni rivojlantirishdagi hissasi» nomli Xalqaro Simpoziumda ishtirok etishini ta’minladi; Luigi Vanvitelli universitetining «Jean Monnet» fakulteti bilan birgalikda Italo-O’zbek loyihasini amalga oshirish va boshqalar.
Li Ji (Xitoy Xalq Respublikasi)
Xitoy Arxeologiya Instituti vitse-prezidenti, «Zabratniy Shahar» Madaniy Merosni Saqlash Fondi raisi, «Zabratniy Shahar» muzeyining vitse-prezidenti. Arxeolog, arxeologiya sohasida bir qancha maqolalar va kitoblarning muallifi, jumladan: «Saroy muzeyi», «Hozirgi zamonga qadam qo’yish; Saroy muzeyining tarixi», «Xitoyning umumiy tarixining dastlabki davri» va boshqalar.
Alla Peresolova (Ispaniya Qirolligi)
Turizm va marketing bo’yicha ekspert, sobiq BMT Turizm Tashkiloti (UNWTO) «Yashil Yo’l» loyihasi rahbari. Alla Peresolova turizm, mehmondo’stlik va marketing sohasidagi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali bir qator tadbirlarni o’tkazishga faol yordam berdi.
Zhinlin Zhao (AQSh)
Professor, Florida universitetining Miami shahridagi Mehmondo’stlik va Turizm Boshqaruvi maktabi direktori. Zhinlin Zhao mehmondo’stlik va turizm boshqaruvi sohasida 50 dan ortiq monografiya, 500 ilmiy maqola va 200 xalqaro tadqiqot muallifi.
Zhang Changfa (Xitoy Xalq Respublikasi)
Xitoy Madaniy Merosni Saqlash Fondi vitse-prezidenti, Xitoy Madaniy Meros Akademiyasining ilmiy xodimi. Madaniy merosni saqlash va restavratsiya tadqiqotlari bo’yicha ko’plab ilmiy asarlarning muallifi. «Italiya Yulduzi Ordeni» medali bilan taqdirlangan. Milliy madaniy meros tizimida «Ishlab chiqaruvchining ilg’or xodimi» unvoniga ega. Zhejiang, Sichuan, Guangdong provinsiyalarida va Shanxay shahridagi universitetlar professorlari va ilmiy xodimi.
Ed Castley (AQSh)
Amerika Ta’lim instituti turizm sohasida xalqaro masalalar bo’yicha vitse-prezidenti. Xalqaro ta’lim standartlarini oliy ta’lim tizimiga joriy etish, ilm-fan va ta’limni takomillashtirish, qo’shma loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashadi. Xizmatlar va mehmondo’stlik sohasida maslahat beruvchi.
Wu Jianbo (Xitoy Xalq Respublikasi)
Xitoy va Xalqaro Shaharlar Ittifoqi «Aqlli shahar» va «Yangi sanoat» Komiteti direktori (MCSR-SNC). Turizm sohasidagi ta’lim uchun innovatsion loyihalarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlar va fondlarga kirishda yordam berish, hamkorlik va grantlar jalb qilishda yordam beradi.
Narendra Singh (Hindiston)
Hindiston Gidlar Federatsiyasi prezidenti. Gidlar tayyorlash dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish va maslahat xizmatlari ko’rsatish, ilmiy maqolalar ishlab chiqishda va Hindiston-O’zbekiston hamkorligini mustahkamlashda yordam beradi.
Adriana «Shani» Halsman (Gollandiya Qirolligi)
«EastguidesWest» – dunyo bo’ylab turizmni rivojlantirish bo’yicha maslahatlashuv tashkilotining egasi. Professional ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, rejalari va o’quv-metodik qo’llanmalarning ishlab chiqilishi bo’yicha ekspert. Turizm sanoati va inson resurslarini rivojlantirish dasturlari bo’yicha maslahat beruvchi.