🔹2026-yil 31-mart kuni Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida “Ziyorat turizmi va mahalliy aholi: ziyoratgohlar atrofidagi hududlarda barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas’uliyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.
🔹Konferensiya davomida ziyorat turizmining hududiy rivojlanishga ta’siri, ziyoratgohlar atrofidagi hududlarda barqaror infratuzilmani rivojlantirish, mahalliy aholi manfaatlarini ta’minlash hamda turizm sohasida ijtimoiy mas’uliyat masalalari muhokama qilinadi.
🔹Tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar hamda turizm sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.
📅 Sana: 2026-yil 31-mart
🕙 Vaqt: 10:00 – 13:00
📍 O‘tkazilish joyi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28).
💻 Onlayn ishtirok (Zoom): https://surl.li/spjoxn
🔹Turizm sohasi tadqiqotchilari, mutaxassislar va barcha qiziquvchilarni konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.

No comment