O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Moskva shahar Sog‘liqni saqlash departamentining Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va tibbiy menejment ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
📌 Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Tomonlar o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro ta’lim, fan hamda madaniy makonda integratsion jarayonlarni rivojlantirishdan iborat.
Hamkorlik doirasida:
ilmiy va ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni almashish;
zamonaviy boshqaruv va tibbiy menejment yo‘nalishlarida eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish;
qo‘shma ilmiy loyihalar va tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish;
xalqaro akademik muloqot va tajriba almashinuvini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.
Mazkur Memorandum ikki institut o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, turizm va sog‘liqni saqlash sohalarida ilmiy-amaliy integratsiyani yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
🌍 Ilm-fan chegaralarni bilmaydi — hamkorlik esa imkoniyatlarni kengaytiradi.

No comment