🧑🦽➡️ 5-dekabr kuni Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida inklyuziv turizm sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, mavjud muammolar va amaliy yechimlarga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda olimlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlovchi tashkilot vakillari, gid-ekskursovodlar hamda turizm industriyasi mutaxassislari ishtirok etdi.
🎓 Tadbirni institut direktori, PhD, i.f.n. Golisheva Yelena Vyacheslavovna ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekistonda turistik muhitni barcha uchun qulay va faoliyatga mos holda rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
📌 Seminarning birinchi sessiyasida inklyuziv turizmning nazariy, konseptual asoslari muhokama qilindi. Mutaxassislar inklyuziv turizmning zamonaviy ta’rifi, uning turizm sanoatiga ta’siri va nogironligi bo‘lgan shaxslarni turizm faoliyatiga integratsiya qilishdagi asosiy omillar haqida ma’ruzalar taqdim etdi. Shuningdek, ichki va tashqi turizmda yuzaga kelayotgan to‘siqlar hamda xizmatlarni kengaytirish imkoniyatlari tahlil etildi.
📝 Ikkinchi sessiya amaliy modellar va muvaffaqiyatli tajribalarga bag‘ishlandi. Mutaxassislar O‘zbekistondagi turistik obyektlarda inklyuziv xizmatlarni joriy etish misollarini, mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘llarini, shuningdek ekskursiyalarda surdotarjimadan foydalanish amaliyotini namoyish etdi. Taqdimotlar inklyuziv muhitni shakllantirishda amaliy yechimlarning muhim o‘rin tutishiga urg‘u berdi.
❗️ Seminar yakunida ishtirokchilar ochiq muhokama o‘tkazib, inklyuziv amaliyotlarni yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlashni takomillashtirish va xizmatlar dostupligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni shakllantirdilar.
✅ Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti inklyuziv turizm sohasida ilmiy-metodik ishlarini davom ettiradi va mamlakatda inklyuziv turistik muhitni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.







No comment