2025-yil 28-29-noyabr kunlari «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida «Turizm, fan va ta’lim: kelajakka nazar» xalqaro turizm forumi bo‘lib o‘tadi
FORUMNING MAQSADI
Turizm sohasida yosh tadqiqotchilar, mutaxassislar va tadbirkorlarni birlashtirish, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish, bilim va ilg‘or tajriba almashish, kreativ tashabbuslarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Forum yoshlarning yetakchilik salohiyatini ochib berish va ularning O‘zbekiston Respublikasida turizmni barqaror va raqobatbardosh rivojlantirishdagi asosiy rolini namoyish etishga qaratilgan.
FORUMNING VAZIFALARI
- Turizm sohasidagi global tendensiyalar, muammolar va amaliy echimlar muhokamasi uchun yoshlar ekspertlik platformasini yaratish.
- Yosh tadqiqotchilar va tadbirkorlar tomonidan taklif etilgan innovasion gʻoyalar, startaplar va loyihalarni aniqlash, akselerasiya qilish va qoʻllab-quvvatlash.
- Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yosh mutaxassislar, tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari oʻrtasida barqaror aloqalarni oʻrnatish.
- Oʻzbekistonda turizmning barqaror rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish yuzasidan yoshlar rolini nazarda tutuvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
- Turizm sohasida raqobatbardoshlikni oshirishda kreativ sanoat va raqamli echimlarni ilgari surish.
- Yosh avlodning etakchilik, tadbirkorlik va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ularni sohadagi modernizasiya va boshqaruv jarayonlariga jalb etish.
- Barqaror va inklyuziv turizm gʻoyalarini ommalashtirish, yosh avlodning madaniy va tabiiy merosni saqlashdagi mas’uliyatini oshirish.
Xalqaro turizm forumining “Turizm, ta’lim va fan: kelajakka nazar” mavzusida oʻtkazilishi ochiq muhokama va loyiha maydonini yaratish, ilmiy yutuqlarni taqdim etish, eng asosiysi esa – turizm sohasini barqaror rivojlantirish va mamlakatning global raqobatbardoshligini oshirishga qodir yangi avlod etakchilarini shakllantirish imkonini beradi – Golisheva Yelena Vyacheslavovna, Turizmni rivojlantirish ilmiy – tadqiqot instituti direktori, katta ilmiy xodim va PhD.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-uy, «CAEx» anjumanlar zali
⏰ Vaqt: 15:00-17:00
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolalar:
▫️VIP mehmonlar uchun: https://access.regitech.uz/titf/vi
▫️Tashkilotchilar uchun: https://access.regitech.uz/titf/organizer
▫️Eksponentlar uchun: https://access.regitech.uz/titf/exhibitor
▫️Matbuot va OAV uchun: https://access.regitech.uz/titf/press
▫️Spikerlar uchun: https://access.regitech.uz/titf/speaker
▫️Tashrif buyuruvchilar: https://access.regitech.uz/titf/visitor
▫️HB uchun: https://access.regitech.uz/titf/hosted-buyer

No comment