📅 2025-yil 10-noyabr
📍 Toshkent, MGIMO Tоshkent filiali

🔹Turizm sohasidagi eng kutilgan voqealardan biri — «XXI asrda tibbiy turizm: barqaror modellari va yangi amaliyotlar” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi!

🔹Forum O‘zbekistonni tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi bo‘yicha xalqaro markaz sifatida ilgari surishda muhim qadam bo‘ladi.

🔹Maqsad — tajriba almashish, amaliy yechimlar ishlab chiqish va tibbiy hamda ekoturizmni barqaror rivojlantirish modellari yaratish.

🔹Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turizm qo‘mitasining keng qo‘llab-quvvatlashi va ko‘magida Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali tomonidan tashkil etildi.

🔹Ishtirokchilar — tibbiyot muassasalari, universitetlar, startaplar, sug‘urta kompaniyalari va turizm operatorlari vakillari, 10 dan ortiq davlatlardan.

🔹Asosiy yo‘nalishlar: innovatsiyalar, sun’iy intellekt va telemeditsina, “yashil” standartlar, xalqaro ta’lim va barqaror rivojlanish.

No comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan