O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi “Nogironligi bo’lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-85-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan inklyuziv turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus amalga oshirilmoqda.
🔹 27-fevraldan boshlab eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar hamda surdotarjimonlar uchun “Ekskursiya imo-ishoralarda” qayta tayyorlash kursi boshlandi.
🔹Loyiha yangi ish o‘rinlarini yaratish va malakali surdogidlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Inklyuziv turizm — bu tanlov emas, balki zaruratdir.




No comment