🔸Bugun Institut binosida amerikalik olim, professor Korten ishtirokida «O‘zbekiston turizmini yangi kontent orqali targ‘ib qilish yo‘llari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Institut xodimlari, doktorantlar hamda professional gidlar ishtirok etdilar.

🔸Ma’lumot uchun: Professor Korten — tarix, tillar va ta’lim sohasiga chuqur qiziqishga ega bo‘lgan amerikalik olimdir. U Oksford va Kembrij universitetlarida tahsil olgan bo‘lib, universitet professori, xalqaro spiker, trener-o‘qituvchi hamda Oxford University Press bilan hamkorlik qiluvchi mashhur bloger sifatida samarali faoliyat olib borgan. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi ta’limiy kontenti Instagram (@professor_korten) platformasida 800 000 dan ortiq, YouTube (@ProfessorKorten) kanalida esa 70 000 dan ortiq obunachilarni birlashtirgan.

🔸Davra suhbati davomida O‘zbekistonning turistik salohiyatini zamonaviy raqamli va kreativ kontent orqali targ‘ib qilish, yangi kommunikatsion yondashuvlar, kontent yaratishda innovatsion vositalardan foydalanish, shuningdek, amaliy tajriba va takliflar muhokama qilindi.

🔸Mazkur tadbir O‘zbekistonning turistik imijini xalqaro miqyosda rivojlantirishga qaratilgan dolzarb g‘oyalar va samarali yechimlarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilаdi.

No comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan