Eron, AQSH va Isroil o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilikning kuchayishi allaqachon xalqaro aviatsiya tizimiga, ayniqsa Yaqin Sharqning asosiy transport tugunlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.

World Travel & Tourism Council (WTTC) hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi inqiroz aviaqatnovlarning uzilishi va sayohatchilarning ishonchi pasayishi tufayli xorijiy sayyohlarning kunlik xarajatlarini kamida 600 million dollarga qisqartiradi.

Yaqin Sharq jahon turizm tizimida muhim rol o‘ynaydi: mintaqaga xalqaro tashriflarning taxminan 5 foizi va tranzit tashishlarning 14 foizi to‘g‘ri keladi. Yirik aviatsiya xablari – Dubay, Abu-Dabi, Doha va Bahrayn – odatda kuniga 526 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi, biroq inqiroz sharoitida yopilishlar va uzilishlarga duch keldi.

WTTCning 2026-yilga mo‘ljallangan prognoziga ko‘ra, mintaqadagi xorijiy sayyohlar xarajatlari 207 milliard AQSH dollariga yetishi kerak edi, shuning uchun sayyohlar oqimidagi har qanday uzilishlar katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston uchun kirish turizmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir hali ham mo‘tadil bo‘lib qolmoqda. Biroq, bilvosita oqibatlar allaqachon namoyon bo‘lmoqda:

▫️aviaqatnovlar narxi oshmoqda,
▫️parvozlar vaqti uzaymoqda
▫️ayrim hollarda Yaqin Sharq mamlakatlari havo hududining yopilishi munosabati bilan joylashtirish vositalarida bronlashtirish bekor qilingani qayd etilmoqda.

Hozirgi xavf-xatarlarga qaramay, O‘zbekiston xavfsiz va barqaror sayyohlik yo‘nalishi istiqbollarini saqlab qolmoqda. Global beqarorlik sharoitida xalqaro sayyohlarning qiziqishi yangi va xavfsiz yo‘nalishlarga, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chishi mumkin.

No comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan