🔹Ushbu tanlov zamonaviy usullar bo‘yicha bepul o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan iste’dodli, bilimdon va tashabbuskor nomzodlarni aniqlashga qaratilgan.
🔹Dastur, xususan, tarix, madaniyat, dinshunoslik va professional ekskursiya mahoratini chuqur o‘rganishni o‘z ichiga oladi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Islom sivilizatsiyasi markazida ishga joylashish imkoniyati beriladi.
🔹Islom sivilizatsiyasi markazi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tanlovda 60 nafar talabgor – professional gidlar, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari ishtirok etdi.




No comment