🔹Bugun TXTY-2025 doirasida birinchi bo‘lib «Turizmni ilmiy va ma’rifiy rivojlantirish bayroqdorlari» nominatsiyasi g‘oliblari bo‘lgan turizmni rivojlantirish tashkilotlari va ilmiy maktablarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Muxtorovich Niyazov ochib berdi.

🔹So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich tabrik so‘zi bilan so‘zga chiqdi.

🔹Ushbu nominatsiya professionalligi, innovatsionligi va fidoyiligi tufayli kadrlar tayyorlash strategiyasini shakllantirayotgan, ilmiy maktablarni rivojlantirayotgan va turizm sohasida kelajak standartlarini belgilayotgan barcha oliy ta’lim muassasalariga bag‘ishlanadi.

🔹Birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Yelena Vyacheslavovna Golisheva taqdirlandi.

🔹Taqdirlash marosimiga respublikaning quyidagi ta’lim va ilmiy tashkilotlari rektorlari hamda vakillari taklif etildi:

  1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
  2. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
  3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  4. Buxoro davlat universiteti;
  5. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
  6. Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
  7. Toshkent davlat agrar universiteti;
  8. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti;
  9. Andijon davlat chet tillar instituti;
  10. Qo‘qon universiteti;
  11. «Alfraganus» universiteti;
  12. Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali;
  13. «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
  14. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;
  15. Toshkent davlat transport universiteti.

🔹Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ye.V.Golishevaga esdalik sovg‘asini (talabalarning rasmlari ko‘rinishida) topshirdilar.

🔹Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi hamkasblar bir ovozdan turizm sohasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiradilar. Sizning yutuqlaringiz, shubhasiz, sohaning professional salohiyatini mustahkamlaydi va yangi avlod mutaxassislarini ilhomlantiradi.

No comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan