🔹Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti yoshlar o‘rtasida «Yoshlar turizmi: yangi formatlar va tashabbuslar» mavzusida Students Cup 2025 Respublika ilmiy ishlar/loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
🔹Tanlov “TURIZM, TA’LIM VA FAN: KELAJAKKA NAZAR” xalqaro forumi doirasida o‘tkaziladi!
🔹Students Cup 2025 tanlovining maqsadi: O‘zbekiston turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan eng ilg‘or, ijodiy va amaliy g‘oyalarni saralab olish.
🔹Tanlovda talabalar va magistrantlar ishtirok etadi.
🔹Tanlov yo‘nalishlari:
▫️Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish;
▫️Kreativ industriyalar va turizm;
▫️Turizmda marketing kampaniyalari;
▫️Turizmda kadrlar siyosati;
▫️Barqaror rivojlanish va turizmda ekologik yondashuv va boshqalar.
🔹Ishtirok etish shartlari:
▫️Loyiha arizasini taqdim eting (taqdimot bilan birga);
▫️Eng yaxshi g‘oyalar Respublika bosqichiga tanlab olinadi;
▫️G‘oliblar diplom va mukofotlarga ega bo‘ladilar.
🔹Tanlov sovrinlari:
1 o‘rin — 7 000 000 so‘m
2 o‘rin — 5 000 000 so‘m
3 o‘rin — 3 000 000 so‘m
- Sertifikatlar va diplomlar!
▪️Arizalar 2025-yil 15-oktyabrdan 15-noyabrgacha qabul qilinadi!
▪️Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola
▪️Batafsil ma’lumot: yuklab olish

No comment