🔹Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD, katta ilmiy xodim, institut direktori Ye.V.Golisheva va tayanch doktorant D.U.Adilova tomonidan «Sanoat turizmi: O‘zbekistonda rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari» amaliy loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagi maqolalar ilmiy jurnallarda chop etildi:
🔹»O‘zbekistonda sanoat turizmi: salohiyat, afzalliklar va kasbga yo‘naltirish istiqbollari» (https://t.me/yait_2100/18652) (““Yashil” iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnalida) maqolasida aholining sanoat turizmi haqidagi xabardorlik darajasini, unga qiziqish darajasini aniqlash, shuningdek, ishlab chiqarish obyektlariga ekskursiyalarning kasbga yo‘naltirish salohiyatini baholashga qaratilgan sotsiologik tadqiqot natijalari keltirilgan.
🔹Mahalliy sanoatning ijobiy qiyofasini shakllantirish va ta’lim muhiti bilan bog‘lashda sanoat turizmining ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Global va mintaqaviy tendensiyalar bilan taqqoslashga alohida e’tibor qaratilgan. Xulosa qismida mazkur yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
🔹»O‘zbekistonda sanoat turizmi: O‘zbekiston korxonalarining tashrif buyuruvchilarni qabul qilishga tayyorligining kompleks tahlili» («Marketing» jurnalida) maqolasida sanoat va xizmat ko‘rsatishning turli tarmoqlaridagi 100 dan ortiq korxonalarning sotsiologik so‘rovi asosida respublikaning turli hududlaridagi korxonalarning kompleks tahlili natijalari keltirilgan.
🔹Tadqiqotda korxonalarning sanoat turizmini rivojlantirishga kadrlar, infratuzilma, tashkiliy va ekskursiya tayyorgarligi baholangan, mintaqaviy farqlar, maqsadli auditoriyalar va tizimli to‘siqlar aniqlangan, shuningdek, sanoat turizmini yangi turistik klasterlar va ta’lim dasturlari uchun shart-sharoitlar yaratuvchi iqtisodiyotning mustaqil yo‘nalishi sifatida shakllantirish mexanizmlari taklif etilgan.

No comment