🔹O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoyning Green and Smart Energy Organization tashkiloti agroturizmni savdo, texnologiya almashinuvi va hududlarni modernizatsiya qilishning samarali vositasi sifatida ilgari surgan yangi tashabbusni e’lon qildi.
🔹Ushbu tashabbusni Green and Smart Energy bosh kotibi va ITI faxriy maslahatchisi Vu Jianbo o‘zining ilmiy maqolasida taqdim etdi. Maqolada tashabbusning strategik jihatlari va uning mintaqaviy rivojlanish uchun ahamiyati ochib berilgan.
🔹Mutaxassislar ta’kidlashicha, agroturizm mahsulot targ‘iboti, investitsiyalarni jalb etish va madaniy almashinuvning kuchli kanali bo‘lib, O‘zbekistonning agrar salohiyati va Shinjonnning logistika imkoniyatlarini birlashtiradi.
O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan yirik qishloq xo‘jaligi mamlakati sifatida unumdor sug‘oriladigan tekisliklari va qadimiy qishloq xo‘jaligi an’analari bilan faxrlanishi mumkin – Vu Jianbo, Green and Smart Energy bosh kotibi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faxriy maslahatchisi.
🔹Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
— «Silk Road Agricultural Experience Corridors» loyihasi;
— China–Uzbekistan Agriculture & Tourism Expo va qo‘shma festivallar;
— Agroturizm bo‘yicha Innovatsion Hamkorlik Markazi;
— qo‘shma brendlar bazasi va standartlar platformasi;
— Xinjiang Jiuding Group va Jiangsu SUMEC Group bilan tajriba-fermalar;
— Shinjonda o‘zbek mahsulotlarini targ‘ib etuvchi raqamli marketing dasturlari.

No comment