🎓 19-dekabr sanasida Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida Turizm sohasida global inqiroz sharoitlarida mavjud muammolar va uning amaliy yechimlarga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Oliy ta’lim hamda turizm sohasidagi expert, mutaxassislari ishtirok etdi.

🎓 Tadbirni institut direktori, PhD, i.f.n. Golisheva Yelena Vyacheslavovna ochib berdi. Jahon inqirozi sharoitida turizm sohasini faollashtirish va rivojlantirish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda, chunki inqiroz turistik oqimlar va iqtisodiy barqarorlikka bevosita ta’sirini alohida inobatga oldilar.

📌 Mazkur sharoitda turizmni qo‘llab-quvvatlash yangi ish o‘rinlarini yaratish va hududlar iqtisodiy faolligini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega.
Turizm sohasini moslashuvchan va innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish inqiroz ta’sirini yumshatish imkonini beradi. Shu sababli jahon inqirozi sharoitida turizmni faollashtirish yo‘llarini ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.

✅ Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti turizm sohasida moslashuvchanlik, innovatsion yondashuvlar, ichki va mintaqaviy turizmni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda xizmatlar sifati va xavfsizligini oshirish orqali o‘z barqarorligini ta’minlashga intiladi.

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *