2025-yil 12-may kuni Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.33/08.05.2024.I.176.01 raqamli ilmiy kengashda institut tayanch doktorantlari Bekmurodova Laylo Tursunmamatovnaning «O‘zbekistonning xalqaro mehmondo‘stlik industriyasiga integratsiyalashuvining strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish» va Karimova Gulnoza Mamanazar qizining «O‘zbekistonda inklyuziv turizmni konseptual rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari» mavzusidagi «08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha dastlabki dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

🔹 Dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilgan doktorantlarning ilmiy rahbari, iqtisod fanlari doktori, professor M.T. Aliyeva.

🔹 Himoya jarayonida kengash a’zolarining 13 nafaridan 12 kishi — 7 nafar fan doktori va 5 nafar falsafa doktorlari (PhD) ishtirok etishdi.

🔹 Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Ye.V. Golisheva va Ilmiy kengash raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Z.Dj. Adilovaning mazkur himoya jarayonining muvaffaqiyatli va samarali o‘tishini ta’minlashda katta xizmatlari borligi alohida e’tirof etildi.

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *