🔹Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari: N.V.Ivonina va F.Ch.Boyko tomonidan «Yevropa, MDH va Osiyoda faol turizmni tashkil etish modellari bo‘yicha qiyosiy tahlil: O‘zbekiston uchun instituциonal saboqlar» mavzusida ilmiy maqola tayyorlandi.

🔹Maqola «Farg‘ona davlat universiteti ilmiy xabarlar»da chop etildi.

🔹Maqolada faol turizmni tashkil etish modellarining qiyosiy instituциonal tahlili o‘tkazildi. Me’yoriy tartibga solish, sertifikatlashtirish, raqamli infratuzilma, jamoalar ishtiroki va moliyaviy mexanizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi.

🔹Tahlil natijalariga asoslanib, O‘zbekiston uchun xalqaro tajribaning kuchli tomonlarini o‘zida mujassam etgan va to‘rtta yo‘nalishni qamrab olgan moslashuvchan strategiya taklif etildi.

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *