🔹Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimi — iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD, katta ilmiy xodim, direktor Golisheva Ye.V. tomonidan «Новые тенденции туризма 2030: стратегические ориентиры и рекомендации для Узбекистана» mavzusida ilmiy maqola tayyorlanib, «Muhandislik va iqtisodiyot» jurnalida chop etilgan.

🔹Maqola 2030-yilgacha bo‘lgan davrda jahon turizmining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy global tendensiyalarni tahlil qilish va ularning O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot metodologiyasi trend-tahlil, siyosat tahlili (policy analysis), xalqaro strategiyalarni solishtirish (UN Tourism, OECD, WTTC, WEF) hamda turizm tizimlarining institutsional omillarini o‘rganishga asoslanadi.

🔹Tahlil natijasida besh asosiy megatendensiya aniqlangan: texnologik konvergensiya va raqamlashtirish, barqaror va “nature-positive” modellariga o‘tish, talabning fragmentatsiyasi va tor yo‘nalishli segmentlarning o‘sishi, mintaqaviy turizm xablarining kuchayishi hamda taassurotlar iqtisodiyotining rivojlanishi. Ushbu megatendensiyalarning O‘zbekiston sharoitlariga ta’siri asosida raqamli turizm ekotizimini rivojlantirish, ekologik mahsulotlarni kengaytirish, bozorni diversifikatsiya qilish, politsentrik destinasiyalarni shakllantirish va jamoalarni turizm jarayonlariga integratsiya qilishga qaratilgan strategik yo‘nalishlar taklif etilgan.

🔹Keltirilgan tavsiyalar O‘zbekistonning 2030 yilgacha mo‘ljallangan xalqaro turizm bozorlari uchun Marketing strategiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin.

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *