Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.22/2025.27.12.I.02.01 raqamli Ilmiy kengash huzurida tashkil etilgan bir marttalik ilmiy kengashda To’xtayeva Xurshida Farxodovnaning 08.00.13 – Turizm va mehmonxona faoliyati hamda 08.00.13-Menejment ixtisosliklari bo‘yicha “Turistik xizmatlar bozorida bandlikni tartibga solish va boshqarish”” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Mazkur ilmiy himoya turizm va menejment sohalaridagi dolzarb masalalarni tadqiq etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
✨To‘xtayeva Xurshida Farxodovnani ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar, mustahkam salomatlik va ilm-fan rivojiga qo‘shadigan ulkan hissalarini tilab qolamiz!


