Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Ekskursiya imo-ishoralarda” surdogidlarni qayta tayyorlash kursi doirasida Samarqand va Buxoro shaharlarida sayyor amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar Samarqand va Buxoroning tarixiy-me’moriy yodgorliklari, UNESCO Butunjahon merosi obyektlari hamda ziyorat turizmi maskanlarida ekskursiyalarni imo-ishora tilida olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Shuningdek, turistlar guruhiga hamrohlik qilish, professional terminologiyadan foydalanish va mustaqil ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha tajriba orttirdilar.

Sayyor amaliy mashg‘ulotlar bo‘lajak surdogidlarning kasbiy mahoratini oshirish, inklyuziv turizmni rivojlantirish hamda eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun turistik xizmatlar sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

🔔 Yangiliklarimizni kuzatib boring — oldinda kurs jarayonidan yana ko‘plab qiziqarli lavhalar va yangiliklar bilan bo‘lishamiz!

Comments are disabled.