Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Ekskursiya imo-ishoralarda” surdogidlarni qayta tayyorlash kursi belgilangan o‘quv reja asosida davom etmoqda.
Darslar oflayn va onlayn formatlarda tashkil etilib, tinglovchilar turizm, ekskursiya faoliyati hamda imo-ishora tilida ekskursiya o‘tkazish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlamoqda.

