Bugun Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida Koreya Respublikasining Sejon universiteti professori, Turizm sanoati ma’lumotlari tahlili laboratoriyasi (Tourism Industry Data Analytics Lab — TIDAL) direktori, mehmonxona ishi va turizm menejmenti bo‘yicha mutaxassis Dr. Seul Ki Lee ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar turizm sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, turizm ma’lumotlarini tahlil qilishning innovatsion yondashuvlari, xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari, shuningdek, xorijiy tajriba va uni O‘zbekiston turizm sohasida qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shubhasiz, bunday tadbirlarning o‘tkazilishi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish va mamlakat turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.


