Nashrda Avstriya, Albaniya, Belarus, Rossiya, AQSH, Tojikiston, O‘zbekiston, Filippin mualliflari, shuningdek, Global Agritourism Network (GAN) vakillarining tadqiqotlari va amaliy tajribalari taqdim etilgan.
Monografiya qishloq, agro-, eko- va community-based turizmni rivojlantirish, shuningdek, quyidagi masalalarga bag‘ishlangan:
🔹qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish;
🔹mahalliy hamjamiyatlarning roli;
🔹xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
🔹kadrlar tayyorlash;
🔹inklyuzivlik va qulaylik;
🔹hududiy o‘ziga xoslik;
🔹»yashil iqtisodiyot»;
🔹yangi turistik mahsulotlarni shakllantirish.
Nashr ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, talabalar, turizm sohasi mutaxassislari, davlat organlari, jamoat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, fermerlar va qishloq turizmini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan barchaga mo‘ljallangan.
O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq turizmini rivojlantirish uchun xalqaro amaliyotlar va ularni qo‘llash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
