Seminar «Tax Free» tizimini joriy etish va targ‘ib qilish mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PQ-78-son qarori ijrosi hamda turizm sohasi vakillarining xorijiy fuqarolarga QQSni qaytarish mexanizmlari haqidagi xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar «Tax Free» tizimining ishlash tartibi, xorijiy turistlarga soliqni qaytarishning o‘ziga xos xususiyatlari, QR-kodlar va axborot materiallari orqali mamlakat mehmonlarini xabardor qilish usullari bilan batafsil tanishib, tushuntirish va reklama-axborot ishlarini samarali olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

Yangi sayyohlik xizmatlarini targ‘ib qilish va O‘zbekistonning zamonaviy va qulay sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi ijobiy imijini shakllantirishda gidlarning roliga alohida e’tibor qaratildi.

Comments are disabled.