Bugungi kunda laboratoriyada o‘rnatilgan zamonaviy 3D printer yordamida Toshkent teleminorasining maketi muvaffaqiyatli chop etildi.
Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va turistik obyektlari raqamli formatda modellashtirilib, ularning fizik maketlari yaratilmoqda.
3D texnologiyalaridan foydalanish turistik obyektlarni namoyish etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda innovatsion turizm mahsulotlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda.
Loyiha Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining turizm sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirayotgan innovatsion tashabbuslaridan biridir.



