Kichik biznes uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida mahorat darsi o‘tkazilib, unda milliy turizm bozorining xorijiy mehmonlar uchun jozibadorligini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.
Mahorat darsida institut xodimlari N.G. Buxarova va X.X.Xudoyqulovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda sohani rivojlantirishning dolzarb masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, aynan xorijiy sayyohlarni jalb qilish barqaror o‘sishning, salmoqli kompleks daromadlarni shakllantirishning asosiy drayveri hisoblanadi.
Umuman olganda, kirish turizmining rivojlanishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning ichki iqtisodiy jarayonlarini kuchaytirmoqda.

No comment