🔹Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida surdogidlarni qayta tayyorlash kursi davom etmoqda.
🔹Ta’lim jarayoni kombinatsiyalangan shaklda olib borilmoqda: ishtirokchilar nazariy bilimlarni o‘rganish bilan birga, ularni bevosita turizm obyektlarida amaliyot orqali mustahkamlamoqda.
🔹Amaliyot davomida ishtirokchilar obyektlarni, ularning tarixi va o‘ziga xos jihatlarini joyida o‘rganmoqda, bu esa bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorlanishga xizmat qiladi.
🔹O‘qituvchilar Vulfert E.F. va Usmonova S.Sh. ishtirokidagi kurs inklyuziv turizmni rivojlantirish va malakali mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi.
🔹Barcha darslar davomida surdotarjima Gulmetova G.F. tomonidan amalga oshirilmoqda.





No comment