🔹2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda (https://lex.uz/uz/docs/-8073656)chet el fuqarolari uchun QQSni qaytarish (tax free) tizimi joriy etiladi. Qarorga ko‘ra, soliqni qaytarish barcha xalqaro aeroportlarda, shu jumladan, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida amalga oshiriladi.

🔹Xorijiy sayyohlar 300 ming so‘mdan yuqori xaridlaridan QQS summasining 85 foizini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Mablag‘larni naqd pulda yoki bank kartasiga tovar olib ketilgandan keyin uch ish kuni ichida olish mumkin bo‘ladi. Bunda aksariyat tovarlar bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi (oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari).

🔹Kelgusida tizimni chegara bojxona postlari, vokzallar va chakana savdo do‘konlarigacha kengaytirish rejalashtirilgan bo‘lib, qaytarish jarayoni raqamli texnologiyalar orqali soddalashtiriladi.

🔹QQSni qaytarish tizimini joriy etish mamlakatimiz turizm sohasini modernizatsiya qilishda muhim qadamdir. Bu infratuzilma va raqamli xizmatlarni rivojlantirish bilan birga O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishi mumkin. Boshqacha aytganda, istiqbolda chora-tadbirlar quyidagilarga imkon beradi:

  • xorijiy turistlarning o‘rtacha xarajatlarini oshirish,
  • savdo va hunarmandchilik sohasini rivojlantirishni rag‘batlantirish,
  • mamlakatning madaniy va xarid turizmi uchun jozibador yo‘nalish sifatidagi mavqeini mustahkamlash.

🔹Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «tax free» tizimi samarali joriy etilsa, u kirish turizmini rivojlantirish omillaridan biriga va respublikamiz mehmondo‘stlik sanoatini rivojlantirishning qo‘shimcha drayveriga aylanishi mumkin.

🔹Bugungi kunda Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, Singapur va boshqalar «tax free» tizimi rivojlangan dunyoning yetakchi mamlakatlari hisoblanadi.

https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/141033

No comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan