Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.11.2025-yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-348-son qarorining asosiy maqsad va vazifalarini tushuntiruvchi infografika tayyorlandi.
Hujjat 2030-yilgacha bo‘lgan maqsadlarni, jumladan, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 7 foizgacha oshirish, xorijiy sayyohlar sonini 20 millionga yetkazish, shuningdek, asosiy qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutadi: xorijiy sayyohlarga QQSni qaytarish, turistik startaplarni subsidiyalash, MICE-turizmni qo‘llab-quvvatlash, mehmonxonalarda «yashil» standartlar, shuningdek, turizm infratuzilmasi va xalqaro mehmonxona brendlari uchun bojxona imtiyozlari va boshqalar.
https://www.lex.uz/uz/docs/-7851788



No comment