Xizmatlarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish uchun 2026-yilda sohaga 85 trillion so‘m kredit, 9 trillion so‘m subsidiya ajratiladi.
Xususan, ta’lim xizmatlari uchun budjetdan 7 trillion so‘m beriladi.
Keyingi besh yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oshirish, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinmoqda.Shu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Turistlar oqimi tobora oshayotgani aviatsiya va temir yo‘lda yo‘lovchi tashish quvvatini 2 barobar ko‘paytirishni taqozo etmoqda.
Shu bois, 2026-yilda aviaparkdagi havo kemalarining soni 120 taga yetkaziladi.
Ichki temir yo‘llarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi.
Shaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan bog‘lash uchun 2026-yildan yana 500 kilometr temir yo‘l qurilishi boshlanadi.
Avtomobil yo‘llarining sifatini yaxshilash, tranzit salohiyatini yanada oshirish maqsadida besh yillik dastur amalga oshiriladi.
https://president.uz/oz/lists/view/8833




No comment